Andijon shahar G‘ayrat saylov okrugi deputati T. Jabborxonov tomonidan G‘ayrat MFY faollari bilan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida hududni obodonlashtirish, aholi xonadonlarini tartibga keltirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganishlar olib borildi.