Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi raisi, deputat Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan hududdagi 51-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari hamda bitiruvchilarning ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔎O‘rganish jarayonida maktabdagi o‘quv xonalari, mavjud infratuzilma, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning holatiga e’tibor qaratildi.
🤝O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasini yanada yaxshilash hamda bitiruvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting!