35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

25-ishonch saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi

25-ishonch saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi

“Chinor” mahallasida hududning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas Bekpulatovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 25-ishonch saylov okrugiga qarashli “Chinor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylar, ichki yo‘laklar, yerto‘lalar, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonligi, shuningdek, hududlarning yoritilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🏠 Aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahallaning aholi bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-906-son Qonunida belgilangan vazifalar bilan hamohangdir.

📌 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-son Qonuni mahalliy Kengashlarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va hududdagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish borasidagi vakolatlarini belgilaydi.

💡 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, hududlarning tozaligi va obodonligini ta’minlash, ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish hamda yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash va ularning qonuniy yechimini topishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌿 Obod, toza va xavfsiz mahalla — aholi farovonligi va munosib turmush sharoitining muhim mezonidir.

Slide 1 of 5