35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI

FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov tomonidan 30-“Chustiy” saylov okrugi hududida mahalla yettiligi vakillari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

💡 Uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova, Olmazor tumani hokimligi vakillari, mahalla yettiligi vakillari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.

🤝 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.

📍 Jumladan, 67–68-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘l masalasi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaat bildirildi. Mazkur hududdagi yo‘l qoplamasi toshlardan iborat bo‘lib, transport vositalari harakati hamda quruq ob-havo sharoitida chang-to‘zon ko‘tarilishi natijasida aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, ushbu holat bolalar va yoshi katta fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi.

📉 Shu munosabat bilan fuqarolar tomonidan mazkur hududdagi yo‘lni asfalt qoplamasi bilan qoplash, yo‘l sharoitini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasini ko‘rib chiqish so‘raldi.

⚽️ Shuningdek, 14-sonli ko‘p qavatli uy oldidagi sport maydonchasi masalasi ham aholining e’tiboridagi muammolardan biri sifatida ko‘tarildi. Fuqarolarning bildirishicha, sport maydonchasidan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan shovqin-suron yaqin atrofda istiqomat qiluvchi aholiga, xususan, ko‘p qavatli uylar aholisi uchun noqulaylik tug‘dirmoqda.

📝 Aholi tomonidan mazkur sport maydonchasini maktabning old tomoniga ko‘chirish imkoniyatini o‘rganish va shu orqali ham sport bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlarni saqlab qolish, ham ko‘p qavatli uylar aholisi uchun qulaylik yaratish taklifi bildirildi.

🔎 Murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📑 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish belgilab olindi.

✍️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlarni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 9