35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni

 Davra suhbatida nuroniylarning mahalla hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyati hamda ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida yoshlar va oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, to‘y va marosimlarni ortiqcha dabdababozliksiz, ixcham
o‘tkazish, mahallada tinchlik-totuvlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
 

Suhbat davomida nuroniylar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Yakunda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash hamda nuroniylar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.  

 👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

Slide 1 of 2