Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud masalalarni o‘rganish va qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik-deputatlik nazoratini olib borish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🤝 Shu doirada doimiy komissiya a’zosi D. Tuychiyeva tuman fuqarolik sudi yordamchisi bilan uchrashdi.
🕯 Uchrashuv davomida sud tizimida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, qonuniylik va huquqiy tartibni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Shuningdek, biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aniqlangan masalalarni o‘rganish va ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.