Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman gaz ta’minoti rahbarining hisoboti oldidan hududlarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
📉Shu doirada Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Mehnat mahallasidagi 2-ko‘cha — Bog‘i Behisht ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📈O‘rganish davomida ko‘chaboshi Abdusalim Jo‘rayev bilan suhbatlashilib, aholining suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanishi holati o‘rganildi.
⚠️Fuqarolarning ta’kidlashicha, avvalgi davrlarda bir vaqtning o‘zida 2–3 ta gaz tashuvchi avtomashina kelib, ko‘chadagi aholining ehtiyojini qondirish imkoniyati bo‘lgan. Bu safar esa gaz 60 kun o‘tgach yetkazib kelinib, atigi 1 ta avtomashinada gaz ballonlari tarqatilgan.
⚠️Natijada ko‘chadagi ayrim fuqarolar gaz ballonlarini olishga ulgurmagan. O‘rganish vaqtida ham ko‘chada bir qator fuqarolar gaz ballonlarini olish umidida kutib turgani kuzatildi.