35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori asosida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputat N.Turdiyev va K.Xakimova tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi Gulchambar qishlog‘ining ichki yo‘llarida amalga oshirilayotgan shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida qishloq hududidagi ichki yo‘llarning mavjud holati, bajarilgan shag‘allashtirish ishlari hamda yo‘l qoplamasining sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilganligi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Mas’ullar tomonidan ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish hamda shag‘allashtirish ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4