35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP partiyasi a’zosi Elmurod Amirov saylov okrugidagi “Al-Farobiy” mahallasida bo‘lib, o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

Xususan, mahallaning hududi va ichki ko‘chalari ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ishlar aniq belgilab olindi.

Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, sanitar holatni talab darajasiga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga qilinishi lozim bo‘lgan tizimli ishlar bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Suhbatlar  davomida mavjud muammolar muhokama qilindi.

O‘rganishlar natijasidagi aniqlangan muammoli holatlar yuzasidan okrugi deputati E.Amirov tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3