35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTATLAR O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA ISH OLIB BORMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 10-“Boyqozon” saylov okrugidan saylangan deputat, Mahalliy budjet,tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Ermatov Alibek Xojimurotovichlar tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘ziga biriktirilgan tashkilot -Parkent tumani Statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, rasmiy statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda hisobot taqdim etuvchi subyektlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlarning axboroti tinglandi.Shuningdek, statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish, hisobot taqdim etuvchi subyektlarga yaratilgan qulayliklar hamda statistik ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.Deputatlar tomonidan statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, hisobot taqdim etuvchi subyektlar bilan tushuntirish ishlarini tizimli davom ettirish, raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari
bilan manzilli ishlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.Ta’kidlanganidek, mazkur deputatlik nazorati davlat statistika organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ishonchli statistik ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlarni sifatli statistik axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 6