35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati E.Nazarov tashabbusi bilan Respublika xalqaro “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xayriya jamg‘armasi bo‘limi o‘rinbosari Nozim Ergashevich Muminov boshchiligida tuman aholisi o‘rtasida sil kasalligini erta aniqlash masalalariga bag‘ishlangan seminar yig‘ilishi tashkil etildi. Tadbirda tuman shifokorlari va patronaj hamshiralar ishtirok etib, kasallikning oldini olish, erta tashxislash hamda aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.