#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik
GUZAR MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY ISHLAR O‘RGANILDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi ijrosi doirasida Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "19-Farxod" okrugi deputati Ilhomjon Tuxtasinov tomonidan Guzar mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganildi.
💬 O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar yetakchisining yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyati muhokama qilindi.
📇 Mahalladagi ijtimoiy reyestrda 26 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 11 nafari davlat ta’minotiga kiritilgani qayd etildi. Mas’ullar bilan ushbu fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
📁 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish hamda PF–209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.