📚 Deputatlik nazorati doirasida Xorijiy tillar markaziga tashrif
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-"Katta hayot–Do‘stlik" saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik nazorati tadbirlari doirasida Xorijiy tillar markaziga tashrif buyurildi.
🎓 Tashrif davomida markazda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonining sifati yuzasidan fikr almashildi.
📖 Shuningdek, dars jarayonlari bevosita kuzatilib, o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, ta’lim metodikasi, o‘quvchilarning bilim darajasi va markaz faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uchrashuv yakunida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlanib, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.