35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Xotin-qizlar huquqlari – qonun himoyasida”

 “Xotin-qizlar huquqlari – qonun himoyasida” 

Qo‘shko‘pir tumani Davlat xizmatlari bo‘limi majlislar zalida “Xotin-qizlar
huquqlari – qonun himoyasida” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda
Sherobod va Do‘stlik mahallalarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirok
etdilar.
 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D.J. Sattarova hamkor tashkilot Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlik bo‘limi mutaxassislari hamkorligida xotin-qizlarning o‘zini o‘zi band
qilishi, biznes va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari,
mavjud imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil
ma’lumotlar berildi.
 

Shuningdek, ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning
qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan tavsiyalar
hamda amaliy tushuntirishlar berildi.
 

Seminar savol-javoblar tarzida ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni
qiziqtirgan masalalarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar taqdim
etildi.
  

Slide 1 of 1