35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida

🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Rashidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Ernazarov hamda Maslahat guruhi a'zolari bilan birgalikda G‘.G‘ulom mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
📍 O‘rganishlar davomida hududda "Yashil makon" va "Yashil bog‘" loyihalarini sifatli va to‘laqonli amalga oshirish, ko‘chatlarni parvarishlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda mahallada obod va sog‘lom muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
🌿 Ekologik tashabbuslarni izchil davom ettirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda har bir hududda yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.
📑 Shuningdek, Maslahat guruhi a'zolari tomonidan navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 4