35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

"Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya"**ning nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish yo‘nalishi ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.

🏛 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati U.Yarlakabov tomonidan Jo‘langar mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida nogironligi mavjud fuqarolarga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda qo‘llanilishi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✅ Mazkur o‘rganish nogironligi mavjud shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yaratilgan imtiyozlarning to‘liq hamda qonuniy qo‘llanilishini ta'minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4