35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏘 Fuqarolar muammolari – deputat e’tiborida!

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Akmal Ortikovich Jimalyazov mahallada ko’chama-ko’cha, uyma-uy yurib fuqarolar bilan uchrashdi va ularni qiynayotgan muammolarni o’rgandi.

Muloqot davomida joyida hal etilishi mumkin bo’lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko’rildi, mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli og’zaki topshiriqlar berildi. Qo’shimcha vaqt va nazorat talab etadigan muammolarni esa belgilangan muddatlarda deputatlik so’rovi orqali hal etish yuzasidan kelishib olindi.

✅ Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o’z vaqtida ko’rib chiqish va amaliy yechim topish – deputatlik faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2