35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasining I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlangani mamlakatimiz tashqi siyosati, yaxshi qo‘shnichilik va strategik hamkorlik yo‘lida erishilgan muhim yutuqlarning yuksak e’tirofi hisoblanadi.
🔹Bu yuksak mukofot ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan samarali sa’y-harakatlarga berilgan munosib bahodir.
🔹Bugun Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta’minlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining bu kabi nufuzli orden bilan taqdirlanishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotganini, mamlakatimiz ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat yuritayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
🔹Ishonchim komilki, mazkur e’tirof O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.