35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#yoshlar bandligi #nazorat

Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov boshchiligida Olmaliq shahridagi texnikum rahbarlari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotning bosh mavzusi — shahar iqtisodiyoti va korxonalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘ldi.

Uchrashuvda: 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul parametrlarini aynan shahrimizdagi yirik korxonalarda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishchi kasblarga bo‘lgan ehtiyoj asosida shakllantirish;
🧑‍💻Sifatli amaliyot: O‘quvchilarning shunchaki nazariy bilim olishi bilan cheklanib qolmay, korxonalarga bevosita borib, jarayonni ichkaridan o‘rganishini va sifatli amaliyot o‘tashini tashkil etish;
💼Yoshlar bandligi: Bitiruvchilarning kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlarini ta’minlash.

📌 Asosiy maqsad: Yoshlarimizning zamonaviy, bozor talablariga javob beradigan yetuk kasb egalari bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish hamda shahrimiz sanoat salohiyatini malakali yosh mutaxassislar bilan mustahkamlashdir.

Uchrashuv yakunida mutasaddi rahbarlarga korxonalar bilan aloqalarni kuchaytirish va amaliyot jarayonlarini qat'iy nazoratga olish bo‘yicha tegishli topshiriqlari berildi.

Slide 1 of 2