35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#investitsiya #holat

Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev ishtirokida hududdagi investitsiyalar holati va korxonalar faoliyati yaqindan oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida ishchi guruh shaharda faoliyat yuritayotgan "ELEGANT GARMENT TEXTILE" MCHJga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida:
Korxonaning bugungi kundagi ishlab chiqarish quvvati;
Yaratilgan ish oʻrinlari va ishchilarga berilayotgan imkoniyatlar;
Eksport salohiyati hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Hududiy investitsiyalarni faollashtirish va mahalliy korxonalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash shahar iqtisodiyoti hamda aholi bandligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

Slide 1 of 8