35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#nazorat

Yoshlarni sportga jalb qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda mahallalardagi sport ob’ektlarining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Shahardagi “Bo‘ston” va “Kimyogar” mahallalarida joylashgan sun’iy qoplamali futbol maydonlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda:
✅ Maydon qoplamalarining yaroqliligi;
✅ Atrofni o‘rab turgan to‘siqlar va tungi yoritish tizimi;
✅ Yoshlarning ushbu maydonlardan foydalanish darajasi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha futbol maydonlarini doimiy soz holatda saqlash va aholi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan mahalla raislariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Maqsad: Mahallalarda sport infratuzilmasini asrash va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish.

Slide 1 of 3