35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏛 Deputatlik nazorati:

🏛 Deputatlik nazorati:
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat-tahlil davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tomorqachilikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlari bilan manzilli ishlash holati atroflicha o‘rganildi.
Nazorat tadbiri yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish va aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan bunday nazorat-tahlil tadbirlari aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2