Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Q.Xiloliddinov tomonidan G’ofur G’ulom mahallasi Afrosiyob ko’cha aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish masalasida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. Mazkur deputatlik so‘rovi asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududdagi yo‘llarning holati o‘rganilib, ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Natijada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalasi ijobiy yechim topib, fuqarolarning transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratildi.
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Q.Xiloliddinov tomonidan saylovchilar bilan olib borilayotgan ochiq muloqotlar, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va muammolarni amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.