35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tomonidan tumandagi Olimlar mahallasida joylashgan “Aleya” bog‘i o‘rganildi.

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tomonidan tumandagi Olimlar mahallasida joylashgan “Aleya” bog‘i o‘rganildi.

O‘rganish davomida bog‘ hududining obodonlashtirish ishlari, ko‘kalamzorlashtirish holati, piyodalar uchun yaratilgan qulayliklar, yoritish tizimi hamda fuqarolarning mazkur maskandan foydalanishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan fuqarolar bilan ham muloqot qilinib, ularning bog‘ faoliyati, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalari ham tinglandi. Bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2