35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI: TA’LIM OBYEKTI O‘RGANILDI

🟩Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi raisi B.Ochilov o‘ziga biriktirilgan qurilish obyektida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar jarayonini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🟩O‘rganish davomida Shombuloq MFY hududidagi 47-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 360 o‘rinli o‘quv bino qurish) loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🟩Tashrif davomida Kengash raisi tomonidan qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, loyiha talablariga rioya etilishi, ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda obyektning foydalanishga topshirilishiga tayyorgarlik jarayonlari nazorat qilindi.

🟩Mazkur loyiha yakunlangach, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi, ta’lim olish sharoitlari yanada yaxshilanadi.

✅ Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!

Slide 1 of 6