Uchrashuvda tuman hokimining mas’ul xodimlari, Tuman gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, uv oqava hamda avtoyo‘l davlat tashkilotlari vakillari hamda mahalla yettiligi xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputatning
o‘tgan chorak mobaynida tumanda hamda o‘zi saylangan okrugi xududida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida olib boriladigan rejalari yuzasidan axboroti eshitildi. Shuningdek, uchrashuv yakunida saylovchilarning fikrlari va takliflari eshitilib, fuqarolar tomonidan mahallada bir qator muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish kerakligi bildirildi. Shu kabi bir qator murojaatlar Elektr va Suvoqava tashkilotlari mas’ul xodimlariga ham
bildirilib, mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda muammolar bartaraf etildi.