35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasi davom etmoqda

Muhokamalar davomida mahallalarda xavfsiz muhitni ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish, aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, "sariq" va "qizil" toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, zamonaviy kuzatuv tizimlari va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda jamoatchilik nazoratini yanada faollashtirish bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.
✅ Muhokamalar yakunida Prezidentning PQ–1-son qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan tayyorlangan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.