35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

"Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi

Sessiyada jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
🔹 "Kokildorota" mahallasida piyodalar yo‘lagi va himoya panjaralarini qurish;
🔹 "Bog‘ishamol" mahallasining Farovon massivida infratuzilmani yaxshilash;
🔹 "Abdulla Avloniy", "Jayhun" va "Bo‘ston" mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarning tashqi va ichki qismlarini ta’mirlash ishlari uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Deputatlar ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, bajariladigan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish zarurligini ta’kidladilar.

Mas’ul tashkilotlarga loyiha-smeta hujjatlariga qat’iy rioya etish, xaridlarni qonunchilik asosida amalga oshirish va bajarilgan ishlar yuzasidan Kengashga muntazam axborot taqdim etib borish vazifalari belgilandi.

✅ Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.