Mazkur masala bo‘yicha Termiz shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i Sardor Ruziyevich Jumayev deputatlar oldida hisobot bilan ishtirok etmoqda.
📌 Sessiya davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, avariya o‘choqlarini bartaraf etish, piyodalar xavfsizligini kuchaytirish hamda deputatlik nazorati doirasida bu boradagi ishlar samaradorligi yuzasidan muhokamalar olib boriladi.