#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi
197-SONLI MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan Hojiobod mahallasida joylashgan 197-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
↗️ Mazkur loyiha Toshkent shahrida 2026–2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Maktab binosi 1967-yilda qurilgan bo‘lib, dastlab 1 200 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan. Maktabda mavjud sharoitlarni yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
📈 O‘rganish davomida maktab hududida “Qarshi Stroy Sentr” MChJ tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani, ayni paytda 100 nafardan ortiq quruvchi mehnat qilayotgani aniqlandi.
🕯 Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, maktabning moddiy-texnik bazasi yaxshilanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.