35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 Deputat so‘rovi ijrosi amalda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi asosida Saidlar mahallasi Uvaysiy ko‘chasini ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.

🛣 Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, mazkur ko‘chani ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari 2026-yil reja-dasturiga kiritildi hamda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

👉 Bizni kuzatib boring va mahalla obodligiga birga hissa qoʻshaylik!