Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Murzametova Marina Yunusobod tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalariga qaratilgan maktab direktori bilan suxbat o’tqazdi.
👉Ta’lim muassasasida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirish, pedagoglarning malakasini oshirish hamda barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🧒Shuningdek, ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish va inklyuziv muhitni mustahkamlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
➡️Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan inklyuziv ta’limni rivojlantirish, har bir bolaning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlash hamda bu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!