Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiqulov tashabbusi hamda yuborilgan deputatlik so‘rovlari natijasida Beshbola mahallasida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli infratuzilma ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🛣 Mazkur ishlar doirasida:
* mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash;
* yangi transformatorlar o‘rnatish;
* beton elektr ustunlarini o‘rnatish;
* elektr tarmoqlarini yangilash;
* aholi tomorqalari uchun suv tizimini yaxshilash kabi muhim bunyodkorlik ishlari rejalashtirilgan.
✅ Hozirgi kunga qadar mahalla ichki yo‘llarining 2 kilometr 500 metr qismi to‘liq asfaltlashtirildi. Loyiha doirasida belgilangan qolgan amaliy ishlar ham navbati bilan bajarib borilmoqda.