Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishi, davlat xizmatlaridan to‘siqlarsiz foydalanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar holati muhokama qilindi.
Muhokama davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiy va reabilitatsiya xizmatlari sifati, davlat idoralari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarida to‘siqsiz muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar tomonidan axborot berildi.
Shuningdek, tibbiyot, ta’lim va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda jamiyatga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklarni yanada oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilayotgan sharoitlarni takomillashtirish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi