35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyev tomonidan “Mirzayon” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Uchrashuv davomida aholi tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasi, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik hamda mahallani obodonlashtirishga oid qator taklif va murojaatlar tinglandi. Deputat har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib, hal etilishi lozim bo‘lgan murojaatlarni nazoratga oldi.
✔️Ta’kidlanganidek, saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4