Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
-Bo‘stonliq tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish
va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha 2026-yil ikkinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
-Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
-2026-yilning birinchi yarim yilligida Bo‘stonliq tumanida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2026-yil iyun oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-“Ozodbosh” saylov okrugidan saylangan deputat S. Asomovning 2026-yil 9-iyuldagi arizasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.