35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Obod mahalla – farovon hayot garovi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J. Uzaqov tomonidan Dilorom MFYda mahalla faollari va aholi bilan birgalikda obodonlashtirish hamda umumxalq hashari ishlarida faol ishtirok etildi.

Shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan aholi xonadonlari, ko‘chalar va jamoat joylarida tozalik hamda obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hududni ozoda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Fuqarolar mahalla obodligiga hissa qo‘shish, umumxalq hasharlarida faol ishtirok etish hamda yashash hududini yanada fayzli va ozoda saqlashga chaqirildi.

Slide 1 of 2