35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏥 Sogʻliqni saqlash tizimidagi ochiqlik va nazorat – xalq manfaatlari yoʻlida!

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat I.Xaliqberdiyev Bekobod tuman tibbiyot birlashmasida boʻlib, bemorlarning bepul dori-darmonlar bilan taʼminlanish holatini oʻrgandi.

Tashrif davomida dori vositalarining mavjudligi, ularni tarqatish tartibi hamda fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish masalalari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish ustidan jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3