Yangiliklar

Deputat so‘rovi: Nogironligi bo‘lgan fuqaroning murojaati nazoratga olindi

Deputat so‘rovi: Nogironligi bo‘lgan fuqaroning murojaati nazoratga olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Bakiyev (2-Shodlik saylov okrugi) “Bahoriston” mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi, jigar sirrozi xastaligi bilan ro‘yxatda turuvchi fuqaro Ibragimov Usaralining murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Og‘ir xastalik bilan kurashayotgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish, uni zaruriy tibbiy xizmat va dori-darmon bilan ta’minlash maqsadida Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Yuldoshevga Deputatlik so‘rovi kiritildi.