Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 2-Chilonzor saylov okrugi deputati Miryunusov Alisher Habibullayevich Chilonzor mahallasida hokim yordamchisi hamda mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha muhokama qilinib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.