Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev, O.Aliqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Kenjayevlar tomonidan Shodlik mahallasi yettiligi ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ko'tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta'minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3