Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan fuqarolarning uy-joyi ta'mirlandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, 3-Sharlauq saylov okrugidan saylangan J.Quryazovning sayyor qabuli davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

🏠 Murojaatlarga asosan kam ta'minlangan oilalarning uy-joyini ta'mirlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilib, bir fuqaroning xonadonida ikki xonaning pol qismi ta'mirlandi, yana bir fuqaroning uy-joy tom qismi shifer bilan yopildi. Natijada murojaatlar ijobiy hal etilib, oilalarning yashash sharoitini yaxshilashga amaliy hissa qo‘shildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini amaliy hal etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅ Kelgusida ham saylov okrugidagi aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4