Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 20-Sayrak saylov okrugi deputati А.Egamberdiyevning hududi "Ovchi" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdi
Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va mahalla vakillari ishtirokida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun hamda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida fikr va mulohazalar qayd etildi.
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash📸Instagram ▶️YouTube