Yangiliklar

Deputat faoliyati: Ish rejadagi vazifalar ijrosi amalda

Deputat faoliyati: Ish rejadagi vazifalar ijrosi amalda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga binoan, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan joylarda o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Kengash deputati G.Shafoatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi K.Abdullayeva hamkorlikda tumandagi Xalq qabulxonasida bo‘lib, sohaga oid zarur ma’lumotlar, murojaatlar tahlili va tegishli axborotlar o‘rganildi.

Ushbu tahliliy ma’lumotlar asosida sessiya muhokamasiga tayyorlanayotgan masalaning tub mohiyati, aholini qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilishi belgilangan.

Ish rejadagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3