Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M. Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T. Xaydarov tomonidan hududda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan loyiha talablari va sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi, shuningdek, obyektda xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda qurilish ishlarini belgilangan muddat va sifat talablari asosida davom ettirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

✅Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan monitoring va nazorat tadbirlari muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 3