Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Quvondiq Yarashev tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, davlat dasturlari doirasidagi loyihalar ijrosi o‘rganildi.
🏗 Deputat Samarqand davlat universitetining Urgut filialida barpo etilayotgan 1200 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda loyihaning belgilangan vazifalar asosida amalga oshirilayotgani ko‘rib chiqildi.
📚 Ta’kidlanganidek, mazkur yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi ta’lim sifatini yanada oshirish, talaba-yoshlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish hamda hududda oliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlar davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.