Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari

👥 Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida tuman aholisining turli sohalarga oid murojaatlari, taklif va muammolari yakka tartibda atroflicha tinglandi.
Muloqot davomida asosan quyidagi masalalarga toʻxtalindi:
🏠 Aholining ijtimoiy himoyasi va bandligini ta’minlash;
🛣 Hududiy infratuzilma, yoʻl va kommunal sohalardagi muammolar;
🏛 Fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarini qonuniy hal etish.
Koʻtarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etilgan boʻlsa, vaqt va qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Kotibiyat mudiri tomonidan mutasaddi doimiy komissiyalar va mas’ul tashkilotlarga muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3