Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev, Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov hamda tuman hokimining o‘rinbosari A. Turabovlar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Mustaqillik mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabida bo‘lib, mavjud holatni joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining faoliyati, mavjud shart-sharoitlar, infratuzilma holati hamda aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
🤝 Hududlardagi dolzarb masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.