🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda "Madad" NNT Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O. Ataxanov hamkorligida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor huquqiy qabul tashkil etildi.
👥 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning huquqiy masalalariga amaliy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📋 Asosiy murojaatlar:
🏠 Mol-mulkka oid huquqiy masalalar;
📝 Vasiyatnomani rasmiylashtirish tartibi;
⚖️ O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va amaliy qo‘llanilishi;
📑 Boshqa fuqarolik-huquqiy masalalar.
✅ Har bir murojaat qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
💬 Huquqiy savodxonlik – fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi eng muhim omildir. Bunday qabullar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, murojaatlarni joyida hal etish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.