📌 Mahalliy avtomobil yo‘lining ta’mirtalab qismi o‘rganildi
🚜 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov ishtirokida Sherobod tumani “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tasarrufidagi 75V063 D164 avtomobil yo‘lining 16-kilometr qismidan boshlanib, Mehnatobod va Gulchinor mahallalari oralig‘idagi mahalliy ahamiyatga ega yo‘lning ta’mirtalab qismi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
🛣 O‘rganish davomida yo‘lning mavjud holati baholanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🤝 Hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.